Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala

Bahoriston mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashning 14-"Bahoriston" saylov okrugi deputati S.Jumayev okrugiga qarashli “Bahoriston” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1