Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
♿️ Deputatlik nazorati: ijtimoiy himoya va qonun ijrosi
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
🟢 O‘rganish davomida markazning Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘limi mudiri Hayitov Jahongir bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, bandligini ta’minlash va davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.
📊 O‘rganish davomida quyidagi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi:
▪️ Parkent tumanida jami 5 071 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Shundan 396 nafari I guruh, 3 340 nafari II guruh, 562 nafari III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 772 nafari esa bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslardir.
▪️ Oxirgi uch oy davomida 200 nafar fuqaro reabilitatsiya texnik vositalari (RTV) va ortopedik moslamalar (ROM) bilan ta’minlangan.
▪️ Tumandagi 7- va 10-umumta’lim maktablarida ikkita inklyuziv sinf tashkil etilgan, So‘qoq qishlog‘ida esa inklyuziv bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
▪️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha 92 nafar fuqaro qamrab olingan, 7 nafar nogironligi bo‘lgan bola sport to‘garaklariga jalb etilgan.
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 69-son qaroriga muvofiq tumanda “Yangi kun” hamda “Erta aralashuv” xizmatlari tashkil etilgan. Shuningdek, yoshga doir va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar berish ishlari amalga oshirilmoqda. 2026-yilning uchinchi choragida 121 nafar fuqaroga sanatoriyga yo‘llanma berilgani ma’lum qilindi.
❔ Qonun ijrosi yuzasidan deputat tomonidan quyidagi savollar berildi:
1️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, davlat imtiyozlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qonun talablarining ijrosi qanday nazorat qilinmoqda?
2️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari, sanatoriy yo‘llanmalari va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini to‘liq ta’minlash yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar samaradorligi qanday baholanmoqda?
✅ Berilgan savollar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.
➡️ O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga belgilangan imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda qonunchilik talablarining samarali ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish — Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2