🤝 Seminarda Xalq deputatlari tuman Kengashiga ASDPdan saylangan 9-Mirzadala saylov okrugi deputati I. Xolmurzayev, Fermerlar kengashi hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
🌿 Seminarda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish, yer va urug‘likni tayyorlash, sovuq mavsumda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🚜 Shuningdek, ushbu usul orqali erta va sifatli hosil olish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad — fermerlar tajribasini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va hosildorlikni yuksaltirish.