Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL TA’MINOT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — 1-SONLI TOSHKENT SHAHAR BOLALAR KLINIK SHIFOXONASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyevning Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasida avtotransport vositalarining tartibsiz to‘xtab turishining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Sharof Rashidov” mahallasi aholisining murojaatlari asosida Chimkent ko‘chasi 1-uy oldi hamda Chimkent va Buyuk Turon ko‘chalari tutashgan qismida avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishi, piyodalar harakatiga xalaqit berishi va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

🔎 Toshkent shahar hokimligining rasmiy javobiga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi mas’ul xodimlari hamda “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.

💡 O‘rganish davomida Chimkent ko‘chasi 1-uy oldi va Chimkent ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi bilan tutashgan qismida avtotransport vositalarining tartibsiz to‘xtab turishi hamda mavjud yo‘l harakati xavfsizligi holati atroflicha ko‘rib chiqilgan.

🚦 O‘rganish natijasida mazkur hududlarda zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish uchun tegishli joylar belgilab olingan. Ushbu ishlarni amalga oshirish yuzasidan “Ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasiga tegishli topshiriq berilgan.

📅 Eng muhimi, rasmiy javobda yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish ishlari ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda 2026-yil oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligi yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

📹 Shuningdek, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan videokuzatuv va foto-video qayd etish kameralarini o‘rnatish masalasiga ham rasmiy munosabat bildirilgan. Mazkur masala vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganilib, tegishli xulosalar asosida kameralarni belgilangan tartibda o‘rnatish masalasi hal etilishi qayd etilgan.

📉 Shu tariqa, deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masala mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilib, yo‘l harakatini tartibga solish, avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishining oldini olish hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi.

🤝 “Sharof Rashidov” mahallasida yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizish, videokuzatuv va foto-video qayd etish kameralarini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, belgilangan topshiriqlarning amalda bajarilishi deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1