Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
“BO‘STONOBOD” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA AVTOBUS PARKINI YANGILASH VA JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LKIRA TARIFLARI, ELEKTRON TO‘LOV TIZIMI VA YO‘LOVCHILARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA AVTOBUSLAR HARAKATIGA USTUVORLIK BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ulug'bek Rasulovning "Доверие избирателей - ответственностъ депутата" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
“MUSTAQIL YURT” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” — 158-SONLI MAKTABDA HALOLLIK VA ADOLAT TAMOYILLARINI TARG‘IB ETISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI: HAFTALIK ISH REJASI IJROSI VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Ekraz” MFY mahalla yettiligi a’zolarining mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Xususan, mahalla yettiligi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida aholi tomonidan bildirilgan masalalar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi, vakolat doirasida ularni hal etishga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlarni muntazam eshitish va saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish orqali deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10