Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
“BO‘STONOBOD” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA AVTOBUS PARKINI YANGILASH VA JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LKIRA TARIFLARI, ELEKTRON TO‘LOV TIZIMI VA YO‘LOVCHILARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA AVTOBUSLAR HARAKATIGA USTUVORLIK BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ulug'bek Rasulovning "Доверие избирателей - ответственностъ депутата" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
“MUSTAQIL YURT” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” — 158-SONLI MAKTABDA HALOLLIK VA ADOLAT TAMOYILLARINI TARG‘IB ETISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI: HAFTALIK ISH REJASI IJROSI VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
TOSHKENT SHAHRIDA AVTOBUS PARKINI YANGILASH VA JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA AVTOBUS PARKINI YANGILASH VA JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurashitovich Baxtiyevga poytaxtda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, avtobus parkini zamonaviy transport vositalari bilan yangilash hamda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Otabek Jiyanboyev Toshkent shahrida jamoat transporti vositalarining texnik holati, avtobus parkining yangilanish darajasi, mavjud yo‘nalishlarda transport vositalari yetarliligi hamda aholining jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol berdi.
Shuningdek, yangi avtobus va elektrobuslarni xarid qilish, eskirgan transport vositalarini bosqichma-bosqich almashtirish, yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqtini qisqartirish hamda kelgusida avtobuslar sonini ko‘paytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar belgilanganiga aniqlik kiritishni so‘radi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berib, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida poytaxtdagi avtobuslar soni qariyb ikki barobarga ko‘payganini ma’lum qildi.

🚌 Jumladan, bugungi kunda Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘lovchilarga kundalik xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslar soni 1 900 taga yaqinlashgani qayd etildi.

📊 Transport vositalari sonining ortishi natijasida kunlik qatnovlar soni 18 mingtadan 45,2 mingtaga yetkazilgani, avtobus bekatlarida yo‘lovchilarning o‘rtacha kutish vaqti esa 30 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqargani bildirildi.

🚍 Shuningdek, poytaxt avtobus parkini yangilash doirasida transport vositalarining 60–70 foizi yangilangani, eskirgan va xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan kichik hamda o‘rta sig‘imli avtobuslar yo‘nalishlardan bosqichma-bosqich chiqarilgani ta’kidlandi.

📋 Yangi xarid qilingan transport vositalarining asosiy qismini zamonaviy Yutong elektrobuslari, siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi katta sig‘imli avtobuslar hamda 18 metrli o‘ta katta sig‘imli avtobuslar tashkil etayotgani ma’lum qilindi. Natijada Toshkent shahridagi avtobuslarning o‘rtacha yoshi 2–3 yilni tashkil etayotgani qayd etildi.

♻️ Bundan tashqari, yangi avtobus va elektrobuslar yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida isitish va sovutish tizimlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolalar aravachasi bilan harakatlanuvchilar uchun maxsus panduslar va past polli tizimlar bilan jihozlangani bildirildi. Avtobuslarning texnik holati doimiy nazoratda bo‘lib, nosoz transport vositalarining yo‘nalishga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat sifati talablarini buzgan tashuvchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish tartibi mavjudligi ta’kidlandi.

💡 Kelgusidagi rejalar yuzasidan 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahriga qo‘shimcha 1 000 ta yangi avtobus va elektrobus olib kelish belgilanganini ma’lum qildi. Mazkur transport vositalari orasida 18 metrli o‘ta katta sig‘imli, 12 metrli katta sig‘imli hamda mahallalar ichki ko‘chalarida harakatlanishga mo‘ljallangan 9 metrli avtobuslar mavjudligi qayd etildi.

📈 Ushbu rejalar amalga oshirilishi natijasida poytaxtdagi avtobuslarning umumiy sonini 2 891 taga yetkazish ko‘zda tutilgani bildirildi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan avtobus parkini yangilash, jamoat transporti qatnovlarining muntazamligini ta’minlash, aholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1