Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol

TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi ta’lim muassasasida 24 talik tavsiyalar bo‘yicha biriktirilgan vazifalar ijrosi, kuz-qish mavsumida isitish tizimining holati hamda oqova suv tizimidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida deputatlik o‘rganishi olib borildi.

💼 O‘rganishda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

🕯 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimining texnik holati va barqaror ishlashini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasada mavjud oqova suv tizimi bilan bog‘liq muammolar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish holatiga e’tibor qaratildi. Aniqlanishicha, ta’lim muassasasining oqova suv tizimini markazlashgan oqova suv tizimiga ulash bo‘yicha ishlarni yakunlash zarur.

📝 Mazkur masala yuzasidan mas’ullarga mavjud muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish, markazlashgan oqova suv tizimiga ulash bo‘yicha boshlangan ishlarni yakuniga yetkazish, shuningdek, kuz-qish mavsumida ta’lim muassasasida isitish tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🗂 Ta’kidlash joizki, ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

📈 Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar Kengash deputatlari tomonidan nazoratga olinib, mas’ullarga berilgan tavsiyalarning ijrosi yuzasidan tegishli monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4