Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Jumladan, Parpashabof ko‘chasi 165/23-uyda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Rasulovaning uyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgani, biroq hozirgi kunga qadar ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi haqidagi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning yashash sharoiti, uy-joyning mavjud holati hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish va zarur amaliy choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4