Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

#doimiy_komissiya_faoliyati

Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ–438-son qarorining tumandagi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlarining amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Deputatlar tomonidan hisobotlar yuzasidan tegishli savollar berilib, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, Qiziriq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan tumanda 2026–2027-yillar nosug‘orish davri (oktabr–mart) uchun tuman chegarasidan olinadigan, iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan hisobot tinglandi.

Muhokama davomida deputatlar tomonidan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv olish limitlarini iste’molchilar kesimida belgilash hamda sug‘orish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni oldindan ko‘rib chiqish yuzasidan savol, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar inobatga olingan holda tegishli qarorlar ma’qullandi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan masalalarni xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5