Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
JAMOAT SALOMATLIGI - HISOBOT ESHITILDI, VAZIFALAR BELGILANDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi

JAMOAT SALOMATLIGI - HISOBOT ESHITILDI, VAZIFALAR BELGILANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Uchtepa tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari A.Xasanov tomonidan xizmatning 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda eshitildi.

📊 Hisobot doirasida tumanda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jamoat salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya nazoratini amalga oshirish hamda aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

🧠 Shuningdek, mavjud holat, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, aniqlangan masalalar hamda kelgusida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi.

📁 Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli savol va takliflar bildirilib, muhokama yakunlari asosida tegishli qaror qabul qilindi.

🔹 Aholi salomatligini asrash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va profilaktik ishlarni kuchaytirish — doimiy e’tibor va tizimli nazoratni talab etadigan muhim yo‘nalishdir.

Slide 1 of 1