Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ikki muhim qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish komissiya raisi X.Abdurahmonov va komissiya a’zosi G‘.Madumarov ishtirokida 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Unda ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta’minlash, axborot resurslaridan foydalanish hamda bolalarni turli xavf va tazyiqlardan himoya qilish borasidagi amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-son “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosiga e’tibor qaratildi. Mazkur qonun kiber makonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash, kiberhujumlarning oldini olish hamda axborotlarning himoyalanganligini ta’minlashga qaratilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida foydalanilayotgan axborot texnologiyalari, mavjud elektron resurslar va ulardan foydalanish jarayonida axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, bolalar bilan bog‘liq ma’lumotlarning daxlsizligi, axborotlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va kiberxavflarning oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-996-son “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ham atroflicha muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash, tarbiyalanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan har qanday zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, qonunda belgilanganidek, bolaga nisbatan zo‘ravonlik faqat jismoniy ta’sir bilan cheklanmasligi, balki haqoratlash, tahdid qilish, kamsitish, bolaning asosiy ehtiyojlarini cheklash hamda internet va telekommunikatsiya vositalari orqali sodir etiladigan tazyiqlarni ham qamrab olishi ta’kidlandi.

Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, pedagog va tarbiyachilarning huquqiy bilimlarini oshirish, bolalar xavfsizligiga daxldor har qanday holatga befarq bo‘lmaslik hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida qonun talablarining amalda ta’minlanishi, ayniqsa, bolalar manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Zero, qonun ijrosi faqat hujjatlar bilan emas, balki uning amaliyotdagi natijasi — bolaning xavfsizligi, huquqlari va manfaatlari qay darajada ta’minlangani bilan baholanadi.

Slide 1 of 4