✅“Xo‘jamozor” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda oilalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
✅Mazkur o‘rganish tuman hokimi o‘rinbosari S. Usmonova ishtirokida tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan xonadonlarga tashrif buyurgan holda olib borildi.
✅Tashrif davomida xonadonlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning ijtimoiy sharoiti, oilaviy muhit va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, murojaat va takliflari tinglandi.
✅Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni ta’minlash, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, kelishmovchiliklarning oldini olish hamda xonadonlarda tinchlik va totuvlikni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.