Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 169-MAKTABDAGI 2500 NAFARDAN ZIYOD O‘QUVCHI UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR: EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA AMALIY TASHABBUSLAR
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputatlari K. Xursanov va D. Asadullayev “Katta Oqtepa” mahallasida aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi qator infratuzilmaviy masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandilar.

📨 O‘rganish davomida, avvalo, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratilib, mahalla ichki ko‘chalarining holati, ta’mirtalab yo‘llar va yo‘l qoplamalaridagi mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Mazkur holatlarning aholining kundalik harakatlanishi va hududdagi qulay yashash muhitiga ta’siri o‘rganildi.

🛣 Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq piyodalar yo‘laklarining holati, ko‘chalarni yoritish masalalari hamda hududdagi obodonlashtirish ishlari ham deputatlar e’tiboridan chetda qolmadi.

💡 Ayniqsa, ichki yo‘llarning sozligi va ko‘chalarning tungi vaqtda yetarli yoritilishi aholining xavfsiz harakatlanishi uchun muhim ekani qayd etildi. Bu masalalar mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mahalla ichki ko‘cha yo‘llari va ko‘chalarni tunda yoritish holatini o‘rganish vazifalari bilan ham bevosita bog‘liq.

📁 O‘rganish jarayonida aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallada obod, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud muammolarni faqat murojaatlar asosida emas, balki bevosita joyiga chiqib ko‘rish orqali o‘rganishga ahamiyat berildi.

🗣 Aziz Ibragimov va tuman Kengashi deputatlari mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar tegishli manzillar kesimida ko‘zdan kechirildi.

🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga murojaat qilinib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi. Bunda yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash, ko‘cha yoritgichlari va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🔎 Aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning ijrosi hamda ular yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olindi.

📉 Hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi fikrini tinglash va masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4