🧒 Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
Bugun xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi bosh mutaxassisi S.Bektemirov tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uy-joylar atrofida joylashgan bolalar o‘yingohlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Nazorat tadbiri davomida bolajonlarning xavfsizligi va dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘yin qurilmalarining texnik sozligi hamda hududning tozaligiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar maydonchalarini doimiy soz holatda saqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Salomatlik va xavfsizlik — bosh mezon!