#ish_reja_jrosi
#24_ta_muhim_masala
TA’LIM MUASSASALARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isoqulov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Samarqand mahallasidagi bir qator ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasalardagi qozonxonalar, isitish tizimlari, yoqilg‘i zaxiralari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, isitish tizimlarini soz holatga keltirish va ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.