Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlari uchun ish rejasida deputatlik nazorati, doimiy komissiyalar faoliyati, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturidagi loyihalar hamda infratuzilmaviy ishlarni o‘rganish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Hafta davomida deputatlarning saylov okruglarida o‘rganishlar tashkil etilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuboriladi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari, taklif va muammolar o‘rganilib, ularni tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish choralari ko‘riladi.
Kengash faoliyati, deputatlik nazorati tadbirlari va amalga oshirilayotgan ishlar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi.