Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
“Abdulla Avloniy” mahallasida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

Aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish — doimiy e’tiborda.

Termiz shahrida aholi farovonligini oshirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, mahalladagi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar holatini muhokama qildilar.

Muloqot davomida aholining daromadlarini oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va har bir xonadon bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonbay ishlash — ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning holatini chuqur tahlil qilish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarni shakllantirish;

Bandlikni ta’minlash — vaqtincha ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

Daromad manbalarini kengaytirish — fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

“Mahalla yettiligi” mas’uliyatini kuchaytirish — har bir xonadon bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish.

Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlarini yo‘llash hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, fuqarolarni barqaror bandlik bilan ta’minlash va oilalar farovonligini yuksaltirish.

Slide 1 of 1