Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA: “TASHISTI” VA “MOHIRLAR” MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
“Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: 299-SONLI MAKTAB OLDIDAGI PIYODALAR O‘TISH JOYI BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQ BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI UCHRASHUVDA FUQAROLAR YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MASALANI KO‘TARDI
янв.21
Dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning mehnat sharoitlari muhokama qilindi
янв.21
Jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi yuzasidan taklif va savollar bildirildi
янв.21
Deputatlar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish masalasi ko‘tarildi
янв.21
“Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lamaslik holatlarining oldini olish choralari so‘raldi
DEPUTAT “FARARGIZ” TIKUVCHILIK MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasida faoliyat yuritayotgan “FARARGIZ” tikuvchilik markazining ish jarayoni va yaratilgan sharoitlariga e’tibor qaratildi.

Markaz faoliyati davomida tikuvchilik yo‘nalishida mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud tikuv mashinalari va jihozlarning holati, ish jarayonining tashkil etilishi hamda ishlab chiqarish ko‘lami yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, markazning xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va kasb-hunar bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida markaz faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tikuvchilikka qiziqayotgan xotin-qizlarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2