Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI UCHRASHUVDA FUQAROLAR YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MASALANI KO‘TARDI
янв.21
Dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning mehnat sharoitlari muhokama qilindi
янв.21
Jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi yuzasidan taklif va savollar bildirildi
янв.21
Deputatlar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish masalasi ko‘tarildi
янв.21
“Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lamaslik holatlarining oldini olish choralari so‘raldi
янв.21
Olmazor tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi
янв.21
6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTABDA TA’LIM SHAROITLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning mehnat sharoitlari muhokama qilindi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning mehnat sharoitlari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, dual ta’lim olayotgan o‘quvchilarning korxonalardagi faoliyati va mehnat sharoitlari deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 SAVOL: Deputat Sadriddin Turobjonov o‘quvchilarning qaysi korxonalarda faoliyat olib borayotgani, u yerdagi sharoitlar mutasaddilar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan-o‘rganilmagani yuzasidan savol yo‘lladi. Shuningdek, dual ta’lim jarayonlarini tegishli doimiy komissiya ishtirokida joyiga chiqib o‘rganishni taklif etdi.

📝 Kengash raisi Rustamxon Kalanov dual ta’lim asosida korxonalarda ishlayotgan o‘quvchilarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi va bu jarayonning nazoratga olingani yuzasidan savol berdi. U o‘quvchilarning mehnat huquqlari ta’minlanishi hamda korxonalardagi mavjud holatni deputatlar ishtirokida o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Javlonbek Xo‘jamqulov o‘quvchilarga stipendiya davlat budjeti hisobidan to‘lanishi, dual ta’lim ishtirokchilari esa o‘qish bilan bir vaqtda ishlab, belgilangan tartibda ish haqi bilan ta’minlanayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi o‘quvchilar bilan birgalikda Jizzax viloyatidagi “BI Servica” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganilgani bildirildi.

⏺️ Kengash raisi tegishli doimiy komissiya a’zolariga sessiyadan so‘ng o‘rganish sanasini belgilab, dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan joyiga chiqib tanishish vazifasini berdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1