Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish masalasi ko‘tarildi
янв.21
“Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lamaslik holatlarining oldini olish choralari so‘raldi
янв.21
Olmazor tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi
янв.21
6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTABDA TA’LIM SHAROITLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“SHOHSANAM” MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI BEKATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA IJOBIY XULOSA BERILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISH — AHOLIGA ELEKTRON XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI TUSHUNTIRILDI
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 58-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

 24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 58-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🏫 Shu doirada Yangiobod mahallasida joylashgan 58-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi va qozonxonasi holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar tahlil qilindi.

⚠️ O‘rganish jarayonida maktab qozonxonasidagi 2 dona qozonning chirib, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

📌 Mazkur holat yuzasidan mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati — muammoni joyida aniqlash va uning yechimini talab qilishdan boshlanadi. 

Slide 1 of 2