Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“SHOHSANAM” MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI BEKATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA IJOBIY XULOSA BERILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISH — AHOLIGA ELEKTRON XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘l harakati tartibga solinmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDAGI TEMIR YO‘L BO‘YICHA XAVFSIZLIK MASALASI YUZASIDAN RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Babajanov Yakubjon Shakirdjanovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yakkasaroy tumanida buyuk davlat arbobi, turkiy xalqlar shoiri va mutafakkiri Yusuf Xos Hojib byustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev ham ishtirok etdi.

📝 Shu tariqa, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi VII-19-10-14-0-K/26-sonli “Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida turkiy xalqlar shoiri va mutafakkir Yusuf Xos Hojib byustini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ta’minlandi. Mazkur qaror “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibiga oid 2024-yil 30-maydagi 312-sonli qarori asosida, Yusuf Xos Hojib xotirasini ulug‘lash va uning boy ma’naviy merosini abadiylashtirish maqsadida qabul qilingan edi.

📍 Qarorga muvofiq, mutafakkir byusti Yakkasaroy tumanidagi Yusuf Xos Hojib va Saroybo‘ston ko‘chalari kesishmasidagi aylanma markazida o‘rnatildi. Shuningdek, qarorda belgilangan vazifalarga muvofiq, byust o‘rnatilgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilib, maskanning me’moriy qiyofasi yanada yaxshilandi.

📚 Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asari orqali adolatli davlat boshqaruvi, ilm-ma’rifat, ezgulik, yuksak axloq va inson kamoloti haqidagi bebaho g‘oyalarni avlodlarga meros qoldirgan.

✅ Buyuk mutafakkir nomi bilan atalgan ko‘chada uning byusti qad rostlagani xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosiga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom ifodasidir. Ushbu maskan yosh avlodni ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga, ilm va ma’rifatni qadrlashga hamda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlab turadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4