Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA: “TASHISTI” VA “MOHIRLAR” MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
“Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: 299-SONLI MAKTAB OLDIDAGI PIYODALAR O‘TISH JOYI BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQ BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI UCHRASHUVDA FUQAROLAR YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MASALANI KO‘TARDI
янв.21
Dual ta’lim jarayonlari va o‘quvchilarning mehnat sharoitlari muhokama qilindi
янв.21
Jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi yuzasidan taklif va savollar bildirildi
янв.21
Deputatlar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish masalasi ko‘tarildi
янв.21
“Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalaridagi infratuzilma masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lamaslik holatlarining oldini olish choralari so‘raldi
#deputatlik_faoliyati#uzun #seminar

#deputatlik_faoliyati#seminar

🇺🇿DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun, Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlarning aholi, «mahalla yettiligi», faollar va mas’ul tashkilotlar bilan tizimli ishlashi, aniqlangan muammolarni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish va ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminarda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi, Kengash kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tuman Kengashi deputatlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Slide 1 of 1