Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFYdagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va ular uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.