35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
14-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi ichki yo‘l va piyodalar yo‘lagini yaxshilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
HARBIY MUSIQA AKADEMIK LITSEYIDA YOSHLAR BILAN MA’RIFIY MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA MUAMMOLARI VA AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 23-sentabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
“IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulovning Shayxontohur tumani “Ibn Sino” mahallasidagi sug‘orish tizimini ta’mirlash va qayta tiklash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Umidjon Sanakulov tomonidan “Ibn Sino” mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar asosida hududdagi sug‘orish tizimlarining holatini o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish, sug‘orish infratuzilmasini inventarizatsiyadan o‘tkazish va modernizatsiya qilish masalalari ko‘tarilgan edi.

🔎 Shayxontohur tumani hokimligining rasmiy javobiga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar tegishli ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlar davomida “Ibn Sino” mahallasi hududidagi sug‘orish tizimlarining ayrim qismlarida nosozliklar mavjudligi aniqlangan.

💧 Eng muhimi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilgani va hozirgi kunda mahalla hududidagi barcha sug‘orish tizimlari ishlab turgani rasmiy javobda ma’lum qilingan.

🌳 Shuningdek, hududdagi sug‘orish infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida tizimlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq muddatli reja tuzilgani bildirilgan.

🛠 Rasmiy javobga ko‘ra, mazkur reja asosida “Ibn Sino” mahallasidagi sug‘orish infratuzilmasini tegishli dastur doirasida to‘liq ta’mirdan chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Bu esa hududdagi daraxtlar, ko‘chatlar va boshqa yashil maydonlarni muntazam sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

✅ Shu tariqa, deputat Umidjon Sanakulov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan sug‘orish tizimi masalasi mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi hamda tizimlar ishchi holatga keltirildi.

🤝 “Ibn Sino” mahallasidagi sug‘orish infratuzilmasini to‘liq ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan ishlarning amaliy ijrosi deputat Umidjon Sanakulov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1