35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
39-MINOR SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISH VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlarining qonuniyligi Davlat arxitektura nazorati departamentiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ko‘tarildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
14-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi ichki yo‘l va piyodalar yo‘lagini yaxshilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
HARBIY MUSIQA AKADEMIK LITSEYIDA YOSHLAR BILAN MA’RIFIY MULOQOT O‘TKAZILDI
Mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova Buloqboshi tumanidagi Rivoj MFYda bo‘lib, mahalla faoliyati, xususan, mahalla yettiligi tomonidan aholi, jumladan, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida reyestr ro‘yxatida turgan oilalar vakillari hamda mahalla a’zolari bilan uchrashib, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, Rivoj MFY uchun qurib foydalanishga topshirilgan yangi, zamonaviy mahalla binosi ko‘zdan kechirildi. Mahalla yettiligining samarali faoliyat yuritishi, aholini qabul qilishi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Tashrif davomida mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolar muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2