Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Xayrondara” mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadievich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar faol ishtirok etdilar.
Muloqotlar davomida mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi, aholining ijtimoiy-maishiy muammolari hamda bildirilgan taklif va murojaatlari joyida tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz