Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTAB FUTBOL MAYDONINI TA’MIRLASH OLDIDAN HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN “MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “MAJNUNTOL” MAHALLASIDAGI 26-SONLI AVTOBUS YO‘NALISHI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
39-MINOR SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISH VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlarining qonuniyligi Davlat arxitektura nazorati departamentiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ko‘tarildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI
📊 14–19-SENTABR KUNLARI XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATI DAYJESTI

14–19-sentabr kunlari Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish, deputatlik nazoratini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi.
📅 14-SENTABR
🔹 Aholi murojaatlari va hududiy muammolar o‘rganildi;
🔹 sug‘orish suvi, elektr ta’minoti va infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi;
🔹 ijtimoiy reyestrdagi oilalar bandligi, kadastr, oziq-ovqat xavfsizligi va bolalar himoyasi masalalariga e’tibor qaratildi;
🔹 saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, deputatlik faoliyatiga oid huquqiy tushuntirishlar berildi.
📅 15-SENTABR
🔹 Deputat daxlsizligi va faoliyatining huquqiy kafolatlari tushuntirildi;
🔹 Beshchiqir mahallasida ijtimoiy masalalar o‘rganildi;
🔹 ta’lim, sport, bandlik va fuqarolarni kasbga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi;
🔹 dori vositalari sifati, chiqindilarni olib chiqish, reklama obyektlari va sayyor qabul holati o‘rganildi;
🔹 suv va elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovlari yo‘llandi.
📅 16-SENTABR
🔹 Kambag‘al oilalar bilan individual rejalar asosida ishlash, xotin-qizlar faolligi va ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi;
🔹 Bunyodkor va Yangiobod mahallalaridagi muammolar tahlil qilindi;
🔹 ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, yoshlar bandligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi;
🔹 1-son texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
📅 17-SENTABR
🔹 Deputatni chaqirib olish va yashirin ovoz berish tartibiga oid huquqiy tushuntirishlar berildi;
🔹 Bog‘bon mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi;
🔹 PF-17-son Farmon ijrosi, yoshlar sporti, oilaviy tadbirkorlik, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi.
📅 18-SENTABR
🔹 Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy yordam va ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi;
🔹 aholi bandligi, oziq-ovqat xavfsizligi, imtiyozli kredit va xodimlar huquqlariga e’tibor qaratildi;
🔹 Ijtimoiyat mahallasida piyodalar yo‘laklari va tungi yoritish holati o‘rganildi;
🔹 madaniyat, sport, tibbiy xizmatlar va “Saxovat va ko‘mak” yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
📅 19-SENTABR
🔹 Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish tartibi yuzasidan tushuntirish berildi;
🔹 Bog‘bon mahallasidagi tungi yoritish muammosi o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi;
🔹 Asavey mahallasida fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatish masalasi o‘rganildi;
🔹 Madaniyat mahallasida sug‘orish suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha muammolar tahlil qilindi.