Muhokama davomida 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati Fayzullayev Hikmat Boboqulovich tomonidan Jamg‘arma mablag‘larining shakllantirilishi va sarflanishi, xususan, mahallalarda moddiy-texnik bazani yaxshilashga yo‘naltirilgan mablag‘larning samaradorligi yuzasidan savol berildi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlarning natijadorligini baholash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tushuntirish so‘raldi.
Berilgan savollarga O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F. Abdumannotov tomonidan javob va tushuntirishlar berildi.