Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTAB FUTBOL MAYDONINI TA’MIRLASH OLDIDAN HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN “MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “MAJNUNTOL” MAHALLASIDAGI 26-SONLI AVTOBUS YO‘NALISHI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
39-MINOR SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISH VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlarining qonuniyligi Davlat arxitektura nazorati departamentiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ko‘tarildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDAGI SUG‘ORISH TIZIMIDA ANIQLANGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILDI
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA HOLAT O‘RGANILDI

🇺🇿 Yunusobod tumani, “Xiyobontepa” mahallasi, Bog‘ishamol ko‘chasi, 57/5–57/6-uylarda yashaydigan fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

📝Murojaatlarda mazkur hududda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar to‘planib, aholi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelayotgani hamda bu holat yuzasidan fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga bir necha bor murojaat qilingani bildirilgan.

🇺🇿Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. deputatlik okrugiga chiqib, vaziyatni joyiga borib o‘rgandi.

🔎O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammoni qonuniy tartibda hal etish, hududda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yo‘llash rejalashtirilmoqda.

🤝Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hududdagi muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3