FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradovning Birdamlik mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 6 nafar fuqaroning ishga joylashish, moddiy yordam, uy-joyni ta’mirlash hamda boshqa ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 3 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi uchun muayyan muddatlar belgilandi.
Fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni imkon qadar tezkor va amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Xalq roziligi — amalga oshirilgan ishlar va hal etilgan muammolarda namoyon bo‘ladi.