35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: SAYLOVCHILAR MUROJAATI AMALIY NATIJA BILAN HAL ETILDI
янв.21
KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA TIZIMDA OCHIQLIKNI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARINING YAKUNIY MANZILLARI — OLMAZOR TUMANIDA
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI BILAN TANISHILDI
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDA ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TA’MINLANGAN
янв.21
DAVRONBEK RAVSHANBEKOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 5-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI VA OBYEKTNI TOPSHIRISHGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARINING YAKUNIY MANZILLARI — OLMAZOR TUMANIDA

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARINING YAKUNIY MANZILLARI — OLMAZOR TUMANIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilgan sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganishlarining so‘nggi manzili Olmazor tumani bo‘ldi. Dastlab deputatlar Olmazor tumanidagi “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari hamda hududga biriktirilgan bank xodimi bilan uchrashdi.

🗣 Muloqot davomida mahalladagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni daromadli mehnatga va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot olindi.

🏦 Shuningdek, mahallaga biriktirilgan bank xodimi tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mavjud moliyaviy imkoniyatlarga yo‘naltirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish hamda ajratilgan kreditlarning amaliy natijadorligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Deputatlar mahalla raisi va yettilik a’zolari bilan suhbatda ishsiz va daromadi yetarli bo‘lmagan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning imkoniyat va ehtiyojlarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlashda mahalla va bank hamkorligining amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratdi.

🏭 O‘rganishlarning yakuniy manzili “GOOD FOOD ORGANIC” MChJning yog‘ va yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘ldi.

📊 Deputatlar korxonada ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan sharoitlar va mavjud quvvatlar bilan yaqindan tanishib, loyihaning amalga oshirilishi, ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi amaliy natijalarni ko‘zdan kechirdi.

🏦 Jarayonda bank mas’ullari tomonidan loyihani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit mablag‘larining yo‘naltirilishi va loyihaning bugungi kundagi faoliyati yuzasidan deputatlarga tegishli ma’lumotlar taqdim etildi. Korxona vakillari bilan esa ishlab chiqarish hajmi, faoliyatni yanada kengaytirish imkoniyatlari va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🔺 Shu bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari yakunlandi.

📋 O‘rganishlar davomida davlat dasturlari doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadli va samarali ishlatilishi, moliyalashtirilgan loyihalarning amalda ishga tushirilishi, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning joylardagi holati deputatlar tomonidan bevosita tahlil qilindi.

➡️ O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, Kengashning navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalarni atroflicha ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10