Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva tomonidan 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan ovqatlanish sharoitlari hamda oshxonaning sanitariya-gigiyenik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida oshxonaning tozaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalar uchun ovqatlanish jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga sifatli va xavfsiz ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.