MAHALLADA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI NAZORATDA
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyakubova "Bogʻzor" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini joyiga chiqqan holda oʻrgandi.
Oʻrganish jarayonida mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Z.Rahimova hamda mahalla ijtimoiy xodimi I.Xolmuratovalarning hisobotlari va axborotlari tinglandi. Muloqot davomida hududdagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta'minlash hamda "mahallabay" ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.