35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDAGI ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI SENTABR OYI YAKUNIGA QADAR AMALGA OSHIRILADI
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDAGI MAYDONCHA MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI YANADA BOYITILDI
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
MIROBOD TUMANIDAGI ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI SENTABR OYI YAKUNIGA QADAR AMALGA OSHIRILADI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: MIROBOD TUMANIDAGI ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI SENTABR OYI YAKUNIGA QADAR AMALGA OSHIRILADI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyevning Mirobod tumanidagi “Birodarlik”, “Farovon” va “Afrosiyob” mahallalari hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Birodarlik” mahallasidagi Yashnobod ko‘chasi, “Farovon” mahallasidagi ichki yo‘llar hamda “Afrosiyob” mahallasidagi ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani ko‘tarilib, ularning texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish, asfalt qoplamasini yangilash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish so‘ralgan edi.

🔎 Rasmiy javobga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan hududlar Mirobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasining texnik nazoratchi xodimi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish davomida ichki yo‘llarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, mavjud holat bo‘yicha tegishli instrumental o‘lchash ishlari amalga oshirilgan.

🛣 Olib borilgan o‘rganish va o‘lchash natijalari asosida mazkur ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.

📅 Eng muhimi, rasmiy javobda ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlarini 2026-yil sentabr oyi yakuniga qadar bajarish rejalashtirilgani qayd etilgan.

⛏ Shuningdek, mazkur ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi Mirobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan nazoratga olingani bildirilgan. Tegishli ma’lumot Mirobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.U. Djonxadjayev tomonidan taqdim etilgan.

✅ Shu tariqa, deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan ichki yo‘llar masalasi mutasaddi tashkilot tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, ta’mirlash va asfaltlash ishlarini amalga oshirishning aniq muddati belgilandi.

🤝 “Birodarlik”, “Farovon” va “Afrosiyob” mahallalaridagi ichki yo‘llarning 2026-yil sentabr oyi yakuniga qadar sifatli ta’mirlanishi va asfalt qoplamasi yotqizilishi deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1