35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: SAYLOVCHILAR MUROJAATI AMALIY NATIJA BILAN HAL ETILDI
янв.21
KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA TIZIMDA OCHIQLIKNI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARINING YAKUNIY MANZILLARI — OLMAZOR TUMANIDA
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI BILAN TANISHILDI
янв.21
“IBN SINO” MAHALLASIDA ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TA’MINLANGAN
янв.21
DAVRONBEK RAVSHANBEKOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Kengashning 2026-yil 30-iyundagi VII-28-72-5-76-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, 4- va 7-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurilib, inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilarning maktab hududida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida qurilgan panduslar holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur chora-tadbirlar nogironligi bo‘lgan va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ta’lim olishi va maktab muhitida erkin harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi tomonidan bu boradagi ishlarning ijrosi va samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3