35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDAGI ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI SENTABR OYI YAKUNIGA QADAR AMALGA OSHIRILADI
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDAGI MAYDONCHA MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI YANADA BOYITILDI
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov va B.Baxovadinov tomonidan “Darxan” MFY raisi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🖊O‘rganish davomida “Darxan” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati uning yashash manzilida bevosita o‘rganilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli holatlar ko‘zdan kechirildi hamda fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi.

🖋Fuqaroning murojaati deputatning “Ko‘chama-ko‘cha fuqarolar murojaatlarini o‘rganish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi.

📖Murojaatda ko‘tarilgan masalani qonuniy va ijobiy hal etish maqsadida u deputatlik nazoratiga olindi.

📌Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 5