35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — ULARNING KELAJAKKA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASH SARI MUHIM QADAM
янв.21
INSON HUQUQLARI VA QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN MONITORING O‘TKAZILADI
янв.21
“YANGI UMID” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT TASHABBUSI BILAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDAGI AVTOBUS BEKATLARINI YAXSHILASH BO‘YICHA TEGISHLI CHORALAR KO‘RILMOQDA
янв.21
“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCh AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCh AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCh AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Avlodlar vorisligi — yurt taraqqiyoti poydevori” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sharofiddin Usmonov, xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari Abrorxo‘ja Saidaliyev va Iqbolxon Ashrapova, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

📋 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodlar o‘rtasidagi vorislilikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, ularni ilm-ma’rifatga intilish, Vatanga sadoqat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

🔺 Samimiy muloqot davomida faxriy mehmonlar o‘zlarining ibratli hayot yo‘li, mehnat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab, yoshlarga qimmatli tavsiya va maslahatlarini berdilar.

🎓 Shuningdek, Italiyaning nufuzli universitetlaridan birida magistratura bosqichida tahsil olayotgan S. Ismatullayev o‘zining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, xorijda ta’lim olish tajribasi va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘zlab berdi. U yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda bilim va izlanishdan to‘xtamaslik zarurligini ta’kidladi.

📉 Tadbir doirasida mahalladagi yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim va sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashib, nuroniylarning hayotiy tajribasi va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar oldilar.

✅ Mazkur uchrashuv keksa avlodning boy tajribasi, o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyati hamda yoshlarning shijoatini birlashtirib, navqiron avlod qalbida ilmga intilish, Vatanga muhabbat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7