35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT
янв.21
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputat va saylovchilar muloqoti: "Obikor" mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Bandixon tumanida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar izchil tashkil etilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Salomov "Obikor" MFYda bo‘lib, mahalla ahli bilan uchrashdi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirish borasida belgilangan vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, muloqot davomida fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, bandlik va ijtimoiy sohalarga oid bildirilgan taklif hamda murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarni mas’ul idoralar bilan birgalikda bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4