35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT
янв.21
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadiqova tomonidan 59-“Oltin vodiy” saylov okrugi hududida yashovchi fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda fuqaro Abidova Regina Tulkinovnaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat yuzasidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam haqida ma’lumot berilgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro chap son suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, gips bog‘lami qo‘yilgan hamda zarur birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

‍Shuningdek, bemor 3-oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida aniqlangan holatlar yuzasidan jarroh tomonidan tegishli muolajalar amalga oshirilib, zarur maslahat va tavsiyalar berilgan.

Мazkur rasmiy javob fuqaroning murojaati deputatlik nazoratiga olingani hamda masala yuzasidan mas’ul tibbiyot tashkilotlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilganini ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi