35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT
янв.21
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Tashabbusli budjet loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, kotibiyat xodimi X.Ishimov hamda bosh mutaxassis U.Kenjayevlar tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, Kengashning 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 ta loyiha bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mazkur loyihalarning mazmun-mohiyati, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyihalarning amaliy ahamiyati va aholining mavjud muammolarini bartaraf etishdagi o‘rni yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Mas’ullarga g‘olib loyihalarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ishlarning borishini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3