🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni ijrosini ta’minlash, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni manzilli hal etish hamda mahallalarda qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S. Q. Saidovning taklifi atroflicha muhokama qilindi.
🤝 Doimiy komissiya tomonidan jamg‘arma mablag‘larini belgilangan maqsadlarga yo‘naltirish, aholining dolzarb muammolarini manzilli hal etish va mablag‘lardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
📌 XULOSA:
Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
✍️ Doimiy komissiya raisi — G. Dosova