35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT
янв.21
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Elektr energetikasi sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

Elektr energetikasi sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G‘. Hamroyev hamda Ekologik partiya tuman partiya tashkiloti rahbari A. Ochilov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 avgustdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-939-sonli Qonunining tumanda ijrosi, shuningdek, yashil energiyadan foydalanish holati o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🌏Shuningdek, yashil energiyadan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish borasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
🌱 Yashil energiya — ekologik barqarorlik va kelajak avlod uchun munosib muhit garovidir.
🌏Tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi va ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 9