35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DRENAJ TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #deputatlik_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DRENAJ TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

📈 Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, hududlarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📝 Shu maqsadda Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasi hududida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv hamda hududni o‘rganish davomida aholi tomonidan mahalla hududidan, xususan, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenaj tizimining holati yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🗣 Fuqarolar drenaj o‘zanini o‘z vaqtida tozalash, uni tartibga keltirish hamda suv oqimining erkin harakatlanishini ta’minlash zarurligini ta’kidladilar. Mazkur murojaat asosida hududga chiqib, holat joyida o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenaj o‘zanida turli chiqindilar, loyqa va boshqa yot jismlar to‘planib qolgani, ayrim qismlarda esa suv oqimiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjudligi aniqlandi.

⚠️ Mavjud holat drenajning suv o‘tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladigan davrda suvning to‘planib qolishi, hududda noqulay vaziyat yuzaga kelishi va aholi uchun qo‘shimcha muammolar tug‘dirishi mumkin. Shu bois drenaj o‘zanini chiqindi va loyqalardan tozalash, suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish hamda uning suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi.

💼 Murojaatni o‘rganish ishlari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi, 20-Xirmontepa saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda Katta Cho‘ponota mahallasi raisi Zoirbek Saatov tomonidan amalga oshirildi.

🕯 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar oldiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, drenaj tizimini tozalash va hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi qo‘yildi.

📈 Deputatlik nazorati — murojaatni tinglash bilangina cheklanmaydi. Muammoni joyida ko‘rish, sabablarini aniqlash va uning yechimi ortidan borish ham deputatning muhim vazifasidir. Fuqarolar murojaati — e’tiborda. Hududdagi har bir muammo — amaliy yechim sari yo‘naltiriladi.

Slide 1 of 3