35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimovning Olmazor tumani “Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minotini yaxshilash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Yangi Toshkent” mahallasi Keles yo‘li ko‘chasi 2-uy hamda Noroztepa ko‘chasi 68-uyda kuz-qish mavsumida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muntazam takrorlanayotgani ko‘tarilib, tizimni joyiga chiqqan holda o‘rganish va zarur texnik choralarni ko‘rish so‘ralgan edi.

🔎 Toshkent shahar hokimligining rasmiy javobiga ko‘ra, deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida mazkur ikki ko‘p qavatli uyning issiqlik tizimi mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib atroflicha o‘rganilgan.

♨️ O‘rganishlar natijasida hududdagi markaziy issiqlik quvurlarini yer ostidan o‘tkazish choralari ko‘rilgan. Issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq ishlar “VEOLIA ENERGY TASHKENT” XK Olmazor tumani boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani ma’lum qilingan.

🛠 Shuningdek, ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismidagi issiqlik bo‘g‘inlarini profilaktik ta’mirlash hamda bosim ostida yuvish ishlari ham amalga oshirilgani rasmiy javobda qayd etilgan.

✅ Shu tariqa, deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan issiqlik ta’minoti masalasi mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

🤝 Mazkur ishlarning natijadorligi, xususan, “Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumida barqaror va me’yoriy issiqlik bilan ta’minlash masalasi deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1