Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalardan biri — Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi texnikalar hamda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining holati yuzasidan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Jurayevning hisobotini eshitish masalasidir.
Shu munosabat bilan “Qozoq Nayman” mahallasidagi Guliston ko‘chasi aholisi murojaati ham o‘rganildi.
Murojaatda ko‘chaning 50 metr qismini beton qoplama bilan qoplash masalasida amaliy yordam so‘ralgan.
Mazkur yo‘l qismidagi mavjud holat aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani inobatga olinib, masalani tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, yo‘l qismini beton qoplama bilan qoplash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.