#Kengash_sessiyalariga_oid
Sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, “Turon” yakka kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan sportchi o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida 41 600 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Mazkur mablag‘lar yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, erishgan yutuqlarini munosib e’tirof etish hamda yangi marralar sari rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|