35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📌 DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A. To‘xtashov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov hamda Oyinli mahalla profilaktika inspektori O. Xurramov bilan hamkorlikda deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Oyinli mahallasida migratsiyaga ketgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda zarur hollarda deputatlik nazorati asosida ish olib borish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Asosiy maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3