35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
Aholini kambag‘allikdan chiqarish — ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi deputatlari I.Xolov va Z.Shomurodovalar hamkorligida Denov mahallasida bo‘lib, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✔️Deputatlar har bir oila bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
✔️Bunday o‘rganishlar aholi murojaatlarini joyida hal etish, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va fuqarolarning munosib turmush sharoitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3