35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
“YANGI TOSHKENT” MAHALLASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI BO‘YICHA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Saylov okruglarida xonadonbay o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Saylov okruglarida xonadonbay o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlarning saylovchilar bilan doimiy va bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etishga ko‘maklashish maqsadida saylov okruglarida xonadonbay o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, deputatlarning saylovchilar bilan ishlashi, ularning murojaatlarini o‘rganishi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi hamda hududdagi dolzarb masalalarni tegishli davlat organlari va tashkilotlari oldiga qo‘yishi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda “21-Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputat S.Saidov saylov okrugi hududidagi “Turmushobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Suhbatlar davomida aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti, hududdagi mavjud muammolar, kommunal va infratuzilma masalalari, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va mulohazalar tegishli tartibda qayd etilib, ularni hal etish imkoniyatlari hamda mas’ul tashkilotlarning vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish masalalari belgilab olindi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyat mudiri M.Ashurov ham ishtirok etdi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda ularning ijrosi bo‘yicha natijadorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, murojaatlar yuzasidan ko‘rilayotgan choralarni o‘rganish va zarur hollarda masalalarni xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishning qonuniyligi va o‘z vaqtida hal etilishi masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Bunday amaliy o‘rganishlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bevosita aloqani mustahkamlash, hududdagi mavjud muammolarni quyi bo‘g‘inning o‘zida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar, xonadonbay o‘rganishlar va aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar tasdiqlangan ish reja asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3