Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY hududidagi voleybol va basketbol maydonchalarining holatini o‘rganmoqda.
O‘rganish davomida sport maydonchalarini qayta ta’mirlash va ulardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli murojaatlar yuborilishi belgilandi.